2025-yil 4-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yozgi mavsum doirasidagi madaniy tadbirlar davom ettirilib, teatr tomosha zalida Xiva shahridagi «Qaldirg‘och» oromgohidan tashrif buyurgan bolalar uchun «Laylak va qo‘riqchi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 3-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yozgi mavsum doirasidagi madaniy tadbirlar davom ettirilib, teatr tomosha zalida Xiva shahridagi «Alpomish» oromgohidan tashrif buyurgan bolalar uchun «Laylak va qo‘riqchi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini hayriya tarzida namoyish etishib, bolajonlarni xursand qilishdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 1-iyunda «Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida katta tantanali bayramona tadbir tashkil etildi. Teatr ijodkorlari teatr binosining oldi qismida bayram munosabati bilan tashrif buyurgan aholi vakillari, jumladan Xiva shahar Ko‘zi ojizlar jamiyati xodimlarining farzandlari uchun ertak qahramonlari obrazlarini gavdalantirgan holda hamda teatrning tomosha zalida «Karvon saroy» spektakli beg‘araz tarzda bepul namoyish etildi.

@Xorazmkukol