2025-yil 6-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatr repertuar rejasining joriy yil II-choragiga belgilangan atrof muhitni asrash mavzusidagi «Ona zamin» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari qizg‘in davom ettirildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 7-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosida Xorazm viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurgan Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tantanali tarzda kutib olindi.

@Xorazmkukol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Yetakchi sahna ustasi, iqtidorli ijodkor Umrbek Allaberganov Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida eng zamonaviy texnologiyalar asosida «Sehrli nur» janriga mansub «Sehrli tush» spektaklini muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. Shuningdek, u Farg‘ona viloyatiga safari doirasida viloyat qo‘g‘irchoq teatri xodimlari uchun master klaslar tashkil qildi. «Sehrli nur» janri asosida ilk spektakl Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan bo‘lib, xozirda Umrbek Allaberganov uni respublikamizning boshqa teatrlarida ham joriy qilishda faollik ko‘rsatmoqda.

@Xorazmkukol
2025-yil 3-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Gurlan tumanidagi MTTdan.tashrif buyurgan bolalar uchun teatr repertuaridagi qiziqarli sarguzashtlarga boy “Laylak va Qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov, rejissor: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 1-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol