2024 — yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’adagi sayyohlar uchun taqdim etilayotgan navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari doirasida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun Xon va saroy a’yonlarining yurishlari hamda Qo’g’irchoqlar aravasi badiiy kompozitsiyasini namoyish etishdi. Dasturning Folklor tomoshalari qismida teatr ijodkorlari O’zbekiston Davlat Filarmoniyasi Andijon viloyati bo’linmasi ijodkorlari bilan hamkorlikda san’at namunalarini taqdim qilib, barchaga, xush kayfiyat ulashishdi. O’ziga xos bayramona tadbirda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri direktori D. Atabayev hamda Andijon Filarmoniyasi direktori R. Ahmedovlar qatnashchilarni qizg’in muborakbod etishdi.
@Xorazmkukol
2024-yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatrning joriy yil repertuar rejasi II choragiga kiritilgan Xristo Stoychevning «Lazgi» (Rejissor: X. Stoychev) spektaklini O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari A. Tadjixanov boshchiligidagi mutasaddi vakillar ishtirokidagi ko’rigi o’tkazildi. Yangi sahna asarini Badiiy Kengashda ko’rib chiqqan vazirlik rahbariyati va mutahassis xodimlaridan iborat vakillar spektaklni yaxshi baholab ommaga namoyish etish bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etgan xolda tegishli taklif va tavsiyalarini ham berishdi.
@Xorazmkukol
2024 — yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shahriga yuqori martabali mehmonlarning tashrifi oldidan o’tkazilayotgan repetitsiya jarayonlarida faol qatnashishdi.
@Xorazmkukol
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22- dekabr kuni o’tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig’ilishi yuzasidan 59-sonli Bayon ijrochisi ta’minlash maqsadida 2024 — yil 22-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosi tomosha zalida Xorazm viloyati Prokuraturasi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun teatr repertuaridagi «Sher va Durroj» spektakli namoyish etildi
2024 — yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanidagi «Alpomish» oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar tashrif buyurib, repertuaridagi eng qiziqarli tomoshalardan biri «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi.