Bolgariyalik rejissor Xristo Stoychev tomonidan sahnalashtirilgan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri 2024-yil repertuar rejasi II choragiga kiritilgan «Lazgi» spektakli teatrning ichki badiiy kengashi ko’rigidan o’tkazilib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.
➡️ Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri repertuar rejasining 2024-yil II choragiga kiritilgan nomoddiy milliy merosimiz sanalgan lazgi raqsi xaqidagi «Lazgi» spektaklini sahnalashtirish ishlari tobora qizg’in bosqichga kirmoqda.
➡️ 2024-yil 14-iyun kuni Xorazm viloyati qo’girchoq teatrida sahnalashtirilayotgan «Lazgi» spektaklining sahnalashtiruvchi rassomi respublika miqyosidagi yetuk mutaxassis Mo’tabar Ro’zmetova teatr ishlab chiqarish sexi xodimlari bilan qizg’in ish olib bormoqda.
➡️2024-yil 14-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatr repertuar rejasining II choragiga kiritilgan «Lazgi» spektaklini sahnalashtirilayotgan bolgariyalik rejissor Xristo Stoychev ijodkorlar bilan mazkur spektakl ustida navbatdagi repetitsiya jarayonlarini o’tkazdi.
2024-yil 13-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Toshkent shahridan o’z sohasining yetakchi mutaxassisi Mo’tabar Ro’zmetova tashrif buyurdi. U 2024-yil teatr repertuar rejasining II choragiga kiritilgan «Lazgi» spektaklini sahnalashtirish jarayonlarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ish olib boradi.