2024-yil 10-11 iyun kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.
2024 — yil 12 — iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Bolgariyaning «Слеза и смех» teatri bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri o’rtasida o’zaro manfaatli ijodiy hamkorlik bo’yicha Memorandum imzonlandi. Mazkur Memorandumni O’zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri nomidan teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev Bolgariya Respublikasi Sofiya shahri «Слеза и смех» teatri nomidan rejissor Xristo Stoychev imzolashdi. Ushbu kelishuv ikki davlat hamda ikki teatr o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustaxkamlanishiga xizmat qiladi.
2024 — yil 12-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Bolgariyaning «Cлеза и смех» teatri rejissori Xristo Stoychev boshchiligida teatr repertuar rejasining II choragiga kiritilgan «Lazgi» spektaklini sahnalashtirish bo’yicha navbatdagi mashg’ulotlar o’tkazildi.
2024-yil 11-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Urganch tumanidagi «Urganch» bolalar oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar tashrif buyurib, «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini tomosha qilishdi.
Kunning ikkinchi yarimida Xazarasp tumanidagi «Xazarasp nixoli» va «Istiqlol» hamda Tuproqqal’a tumanidagi «Nilufar» oromgohlarida dam oluvchi bolalar ham ko’rkam tomosha zalida mazkur spektakl namoyishida ishtirok etishdi.
2024-yil 8-iyun kuni Xorazm viloyati qo’girchoq teatiri jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan ankologiya va radiologiya ilmiy — amaliy tibbiyot markazi xorazm filialida davolanayotgan bolalar uchun «Adolat» SDP Xiva tuman kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan madaniy tadbirda «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etib, bolajonlarning kayfiyatini ko’tarishdi.