Янгиликлар

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2025-yil repertuar rejasida nazarda tutilgan «Laylak va Qo‘riqchi» pessasini navbatdagi chitka (o‘qish) jarayonlari o‘tkazilib, tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qizg‘in kirishildi.

2025-yil 28-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida buyuk ajdodimiz, alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Allomaning bu yil keng nishonlanadigan yubileyi oldidan o‘tkaziladigan tadbirlar doirasidagi mazkur uchrashuvda teatr ijodkorlari Behbudiy shaxsiga oid qimmatli ma’lumotlarni bilib olishdi.

2025-yil 25-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida I. Lukyanovaning «Karvon saroy» (rejissor Sh. Jabborov) spketakili keng tomoshabinlar ommasi uchun taqdim etildi.

2025-yil 24-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Yangibozar tumanidagi MTTda bolajonlar uchun teatr repertuaridagi  I.Lukyanovaning «Karvon saroy» (Rejissor Sh. Jabborov)  spektaklini namoyish etishdi.

 

2025-yil 23 — yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri joriy yil repertuar rejasining I — choragiga belgilangan «Laylak va Qo‘riqchi» spektaklining navbatdagi o‘qish (Chitka) jarayonlari o‘tkazildi.