Янгиликлар

2024- yil 27- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» ning so’nggi kunida teatr san’ati ixlosmandlari uchun  «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini namoyish etishdi.

Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi qurilishi davom etmoqda. Xozirgi kunda teatr tomosha zalining shift qismida mutaxasislar qizg’in ish olib borishmoqda. Shuningdek, tashqi qismlarda ham qurilish — montaj ishlari o’tkazilmoqda.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri binosida 27-mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan  madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, teatr kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti raisi Yusufboy Allaberanovlar so’zga chiqib, butun jamoani sharafli kasb bayramlari bilan qutlashdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov mavzuga doir sherlarini o’qib berdi.  teatrning fidoyi va jonkuyar xodimlaridan bir guruhi sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi soha xodimlarini, ijodiy hamkorlarini va barcha teatr san’ati ixlosmandlarini «Xalqaro teatr kuni» bilan qizg’in muborakbod etadi!

2024- yil 26- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari  «Teatr tomoshalari xaftaligi» ning oltinchi kunida teatr binosida qo’g’irchoq san’ati ixlosmandlari uchun  repertuardagi eng qiziqarli tomoshalardan biri bo’lgan  «Quvnoq tomosha » spektaklini namoyish etishdi.

2024- yil 25- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» doirasidagi tadbirlarni davom ettirib, teatrda «Ur to’qmoq» spektaklini namoyish qilgan holda, teatr ixlosmandlarini xushnud etishdi. Spektakl namoyishida 80 nafar tomoshabin qatnashdi.