2024- yil 23- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» ning uchinchi kunida teatr binosida qo’g’irchoq san’ati ixlosmandlari uchun repertuardagi eng qiziqarli tomoshalardan biri bo’lgan «Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» ning ikkinchi kunida 2024- yil 22- mart kuni Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qal’a xududida milliy qo’g’irchoq o’yinlari, jumladan «Qog’irchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyasi va boshqa teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishib, shahar aholisi va mehmonlarini xushnud qilishdi.
2024- yil 21- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «Teatr tomoshalari xaftaligi» doirasidagi tadbirlar boshlanib ketdi. Xaftalikning birinchi kunida teatr ixlosmandlari uchun repertuardagi «Karvon saroy» spektakli namoyish etildi.
2024 — yil 20- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari yangilanish va uyg’onish Navro’zga bag’ishlab Ichan Qal’a muzey qo’riqxonasida o’tkazilgan tantanali tadbirda faol ishtirok etib, madaniy xizmat ko’rsatishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan sahna ko’rinishlari, kuy va qo’shiqlar hamda milliy raqslar xorijiy va mahalliy sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.
2024 — yil 19 — mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan «Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!» shiori ostida viloyat markazi Urganch shahrida o’tkazilgan katta bayram tadbirida faol ishtirok etishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan milliy qog’irchoq o’yinlari, milliy xalq o’yinlari hamda kuy- qo’shiqlardan iborat teatrlashtirilgan madaniy chiqishlar, ayniqsa teatr iqtidorli aktyori Davronbek Ataxonovning xalqimizni sevimli san’atkori Jummi Shix obrazini gavdalantirgani bayram qatnashchilariga haqiqiy bahoriy kayfiyat bag’ishladi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi yurtdoshlarimizni Navzo’z bayrami bilan qizg’in muborakbod etadi!