2024 — yil 18 — mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan «Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!» shiori ostida Xiva shahrida o’tkazilgan katta bayramona tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan milliy qog’irchoq o’yinlari, milliy xalq o’yinlari hamda kuy- qo’shiqlardan iborat teatrlashtirilgan madaniy chiqishlar bayram qatnashchilariga haqiqiy bahoriy kayfiyat bag’ishladi.
2024-yil 16-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z !» shiori ostida Xiva tuman Adliya bo’limi tomonidan tashkil etilgan «Adliyada Bahor » loyihasi doirasidagi tadbirlarda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishdi.
2024-yil 15-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z !» shiori ostida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «Adliyada Bahor » loyihasi doirasida Xiva shahridagi tadbirlarda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etib, «Artweek» «Nafis san’at haftaligi»ning yanada fayzli va bahoriy kayfiyatda o’tishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishdi.
14-mat kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Yangiariq tumanidagi Umumqo’shin poligonida o’tkazilgan tadbirda Xon va saroy a’yonlarining chiqishlari aks etgan teatrlashtirilgan tomoshalarini taqdim qilishdi.
14-mart kuni Xiva shahridagi Ogaxiy ijod maktabida Navro’z bayrami munosabati bilan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan «Olamga nur to’lsin sen bilan Naro’z» shiori ostidagi tadbir oldi dasturida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri aktyorlari tomonidan «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.