Янгиликлар

2025-yil 14-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi umumiy o‘rta talim maktablari o‘quvchilari va MTTlardagi tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuardagi Alisher Navoiy dostoni asosidagi «Sher va Durroj» spektakli namoyish etildi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2025-yil repertuar rejasida nazarda tutilgan «Laylak va Qo‘riqchi» spektaklining dastlabki bosqichdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

 

2025-yil 8-fevral kuni «9-fevral-Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida madaniy-marifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda teatr aktyorlari tomonidan navoiy siymosini aks ettirgan holda g‘azallar o‘qildi. Shuningdek, buyuk shoir qalamiga mansub «Layli va Majnun» spektaklidan parchalar ijro etildi. Ijodkorlar bobokalonimiz ijodiga mansub sherlar asosida qo‘shiqlar ijro etib, g‘azallarni ifodali o‘qib berishdi. Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti, ijodi va faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilinib, uning hayot tarzi yosh avlod uchun ibrat timsoli qilib ko‘rsatildi.

 

 

@Xorazmkukol