2026-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni» munosabati bilan katta tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Uni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev ochib berdi. Tadbirda teatrning erkak xodimlari nomidan jamoaning xotin-qizlari uchun eng samimiy va ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, onalarni, ayollarni va qizlarimizni ulug‘lovchi kuy- qo‘shiqlar ijro etilib, she’rlar o‘qildi. Yakunda bayram sohibalariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

@Xorazmkukol
0 comments on “”