Madaniayat vazirligining 2026-yil 12-iyundagi 03-11-21-2097-sonli xati ilovasidagi iyun-avgust oylari payshanba-“Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar REJA-GRAFIGIning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori v.v.b S.Djumaniyozov tizim xodim bo‘lmagan yoshlar hamrohligida Xiva shahrining Ichan Qal’a mahallasida keksalar, nogironlar va yolg‘iz yashovchilarga yordam beruvchi yagona ko‘ngillilk aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya doirasida yuqoridagi mahallada istiqomat qiluvchi pensioner keksa onaxon Sapayeva Sarobibining holidan habar olishdi.

Shuningdek, teatrda rahbar boshchiligida Madaniyat vazirligining 03-11-21-2097-sonli xatidan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida tadbir tashkil etildi.Tadbirda Yoshlar kuni doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar REJA-GRAFIGIdagi 3-bandda qayd etilgan Volontyorlik madaniyatini shaklantirish kuni amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kengashib olindi.

@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.