O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan sana oldidan joylarda o‘tkazilayotgan «BAYROQ ESTAFETASI» tadbirlari doirasida Xiva shahrida tashkil qilingan estafetada Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari munosib tarzda faol ishtirok etishdi. Ota darvoza me’moriy obidasi oldida respublikamiz bayrog‘ini qabul qilib olish jarayonidagi tadbirda teatr adabiy qism mudiri D. Yusupov nutq so‘zladi. Shuningdek, teatr ijodkorlari Xon va saroy a’yonlari siymolarini gavdalantirishib mazkur vatanparvarlik ruhidagi ijtimoiy tadbirga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi.

0 comments on “”