2026-yil «15-aprel- Madaniyat va san’at xodimlar kuni»  munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida bir qator soha vakillari Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori  Davronbek Atabayev va teatrning iqtidorli ijodkorlari Muxtorbek Masharipov hamda Dilshod Xudayarovlarning ham soha rivojidagi xizmatlari e’tirof etilib,  maxsus Tashakkurnomalar va sovg‘alar taqdim etildi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.