2026-yil 18-may kuni Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining «Xorazm musiqachiligi oyligi» ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 14-may 2026-yildagi 36-sonli buyrug‘i ilovasidagi reja-jadvalga binoan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida «Milliy cholg‘ular jilosi» nomi ostida  ko‘rgazma va jonli ijrolar tashkil qilindi. Unda ko‘p yillik ijodiy tajribaga ega san’atkor Oybek Ibrohimov ijrosida Xorazm milliy musiqachiligiga oid mumtoz taronalar ijro etildi. Shuningdek, milliy cholg‘ularimiz vositasida sozandalar tomonidan musiqiy kompozitsiyalar taqdim qilindi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.