#Xalqaro Gastrol

 

Bugun 22-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakili D. Akramov boshchiligidagi delegatsiya bilan 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalida ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasiga yetib borishdi.  Shu kunning o‘zida festival dasturi bilan tanishish jarayonlari tashkil etildi.  Shuningdek,  mazkur nufuzli festival ishtirokchilari hisoblangan Meksikaning  Banyan Marionetas teatr  rahbari  Diego Ugalde hamda Turkiyaning Qorago‘z soya teatri rahbari Jengiz O‘zek bilan uchrashuv o‘tkazildi.  Jarayon o‘zaro manfaatli suhbat va tajriba almashish tarzida tashkil qilindi.

@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.