#Xalqaro festival
Bugun 23-iyul kuni Turkiya Respublikasida 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalining ilk kunida mahalliy ishtirokchilardan Turkiyaning Qorago‘z soya teatrining spektakl namoyishi keng tomoshabinlar ommasiga taqdim etildi. Spektakl namoyishidan so‘ng mazkur teatr rahbari Jengiz O‘zek har bir tomoshabin, jumladan bolalar bilan alohida jonli muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, festivalning barcha qatnashchilari, xususan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ham delegatsiya rahbari bilan birgalikda «Festival tarixi» muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi. Jarayon taassurotlarga boy bo‘ldi. Kun tartibiga ko‘ra kechga yaqin Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining festivaldagi chiqishi kutilmoqda. Unda O‘zbekona milliy urf- odat va an’analar aks etgan Lazgi raqsi to‘g‘risidagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etiladi.

@Xorazmkukol
0 comments on “”