2025-yil 17-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yil tomoshalari dasturiga kiritilgan «Yangi yil tilagi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 17-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yil tomoshalari dasturiga kiritilgan «Yangi yil tilagi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 14-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida poytaxtning «Diydor» teatr-studiyasi ijodkorlari tomonidan «Bizning Charli» spektakli namoyish etildi. Spektakl keng tomoshabinlar ommasida juda katta taassurot qoldirdi.

2025-yil 14-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Xorazm viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurgan poytaxtning «Diydor» teatr-studiyasi ijodkorlari tantanali tarzda kutib olindi.

Ayni kunlarda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnalashtirish bo‘limida sahnalashtirilayotgan navbatdagi «Yangi yil tilagi» spektakli uchun qo‘g‘irchoqlar, liboslar va boshqa zaruriy jihozlarni tayyorlash jarayonlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan sana oldidan joylarda o‘tkazilayotgan «BAYROQ ESTAFETASI» tadbirlari doirasida Xiva shahrida tashkil qilingan estafetada Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari munosib tarzda faol ishtirok etishdi. Ota darvoza me’moriy obidasi oldida respublikamiz bayrog‘ini qabul qilib olish jarayonidagi tadbirda teatr adabiy qism mudiri D. Yusupov nutq so‘zladi. Shuningdek, teatr ijodkorlari Xon va saroy a’yonlari siymolarini gavdalantirishib mazkur vatanparvarlik ruhidagi ijtimoiy tadbirga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi.
