Бош сахифа

2026-yil 25-avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi Ichan Qal’a majmuasida qardosh Turkiya davlati Xatay viloyati rahbariyati va boshqa nufuzli mehmonlardan iborat delegatsiya vakillariga teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim qilgan holda madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

@Xorazmkukol

2026-yil 25- avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda kasaba uyushma tashkiloti tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

@Xorazmkukol

2026-yil 23-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qal’a majmuasida Urganch tumanidan tashrif buyurgan «Urganch» bolalar oromgohida hordiq chiqarayotgan o’smirlar va bolalar uchun milliy qo’g’irchoq tomoshalarini taqdim etishdi.

@Xorazmkukol

2026-yil 19- avgust kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch tumandagi MTTlarga tashrif buyurib repertuardagi eng sara spektaklini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol