2024-yil 14-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a xududida tashkillashtirilgan «Vatanparvarlik tadbiri » doirasidagi dasturda o’z teatrlashtirilgan tomoshalari bilan qatnashib, mazkur tadbirga o’zgacha shukux bag’ishlashdi.
2024-yil 13- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shahridagi 11-son maktabda «Quvnoq tomosha» spektaklini mazkur ta’lim maskanining o’quvchi yoshlari uchun taqdim etishdi.
2024-yil 12-13 mart kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari tomonidan Xiva shahridagi 2-son maktab o’quvchilari uchun teart binosida repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.
2024-yil 11-12 mart kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida turizmni rivojlantirishga qaratilgan tarixiy ahamiyatga ega loyiha aosidagi teatrlashtirilgan chiqishlarini taqdim etishib, xorijiy va mahalliy sayyoxlarga o’zgacha kayfiyat ulashishdi.
2024-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni » munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda teatrning erkak ijodkorlari jamoaning xotin — qizlarini bayram bilan muborakbod qilishdi. Ayol qadr — qimmatini tarannum etuvchi she’rlar va kuy — qo’shiqlar yangradi. Jamoaning ayol — qizlariga qimmatbaho esdalik sovg’alar ulashildi.