2024-yil 31-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining «Drama» to‘garagi rahbari, Xorazm viloyati qòģirchoq teatri I-toifali aktyori Elyorbek Atabayev tomonidan sahnalashtirilgan bir pardali «Jaloliddin Manguberdi» spektakli premyerasi to’garak a’zolari tomonidan ijro etildi.
2024-yil 2-3 fevral kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari Qòshkòpir tumanidagi MTTlar bòylab ijodiy safarlarini davom ettirib, bolajonlar uchun «Ur tòqmoq» spektaklini namoyish etdi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni òtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yiģilishi davomida berilgan topshiriqlar bòyisha 50-sonli bayonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 2-fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Urganch davlat Universiteti xuzuridagi Xiva xizmat kòrsatish va servis texnikumi pedogogik jamoasi uchun teatr repertuaridagi davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Shohsanam va Tulpor» sprktakli namoyish etildi.
3-fevral kuni Xiva shahridagi 8-son umumiy òrta ta’lim maktabi òquvchilari uchun mazkur spektakl 3 seansda namoyish qilindi.
2024 — yil 29 — yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bòyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatidan 120 nafar òquvchi — sportchi òsmirlar tashrif buyurib, teatr repertuaridagi «Shohsanam va Tulpor» spektaklini tomosha qilishdi. Spektakl namoyishi taassurotlarga boy bòldi.
2024 yil 29 — yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining bir guruh ijodkorlari Qòshkòpir tumani MMTBga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun teatr repertuaridagi sarguzashtlarga boy » Ur tòqmoq» spektaklini namoyish etib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.