🎭🎭🎭
TA’TIL MAROQLI O’TMOQDA
✳️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 30 dekabrdagi №841-F farmoyishiga asosan hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri binosida 2024-yil 9-10-11 yanvar kunlari Xiva shahrining umumiy òrta ta’lim maktab òquvchilari tashrif buyurishdi. Ularga teatrimizning eng sara spektaklidan “Grinch yangi yil òģrisi” spektakli namoyish etilib bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.
TA’TIL MAROQLI O’TMOQDA
✳️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 30 dekabrdagi №841-F farmoyishiga asosan hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 2024-yil 11-yanvar kuni Yangibozor tumani umumiy òrta ta’lim maktab òquvchilariga “Grinch yangi yil òģrisi” spektakli namoyish etilib bolajonlarda katta taassurot qoldirishdi.
2024-yil 8-yanvar kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri Badiiy Kengashining yi’g’ilishida 2024-yil repertuar rejaning I-choragiga kiritilgan Oleg Mixaylovning «Gnomlar bahorni izlashganda» spektaklini sahnalashtirish yuzasidan muhokama jarayonlari bo’lib o’tdi.
Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda teatr binosining tashqi old kirish qismida va yer tòlasida derazalarni òrnatish ishlari boshlandi.
2024-yil 4-yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Yangi yil bayram dasturi doirasida Xiva shahridagi 4-12 son umumiy òrta ta’lim maktablaridan tashrif buyurgan òquvchilar uchun repertuardagi «Grinch yangi yil òģrisi» spektakli namoyish etildi. Tomoshada Dòppi pomidor personaji orqali suv hamda energiya resuslarini tejash tarģibotidan iborat lavhalar ham ijro etildi.