Янгиликлар

🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2023-yil 23-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi
🎄🎄☃️☃️Yangi yil bayram dasturlari doirasida
🕚11:00 da Urganch temiryo’l vokzali oldidagi maydonda,
🕐13:00 da Urganch shahridagi «Avesto» yodgorligi bog’ — majmuasida, shuningdek,
🕒15:00 da Xorazm markaziy o’yingoxi hamda
🕔17:00da  Amir Temur nomidagi istiroxat bo’gda teatr repertuaridagi
❄️❄️❄️❄️»Grinch Yangi yil o’g’risi» spektaklini namoyish etishib viloyat markazi aholisi va mehmonlariga xaqiqiy bayramona kayfiyat ba’g’ishlashdi.

🎄🎄❄️❄️⛄️⛄️2023-yil 22-dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahrida tashkil qilingan Yangi yil katta bayram dasturida ertak qahramonlari qiyofalarini gavdalantirib, Qorbobo va Qorqiz obrazlarida chiqishlar qilib bayramona ruhdagi gòzal tadbirga yanada joziba va fayz baģishlashdi.

Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining  qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Qurilish inshootining yuqorisida  ģisht  terish ishlari ketayotgan bir paytda ichki va tashqi devorlardagi suvoq ishlarining salmoqli qismi bajarildi. Teatr binosi kundan kunga yuksalib òziga xos kòrinish kasb etmoqda.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Yangi yil bayram tomoshalarini davom ettirib,  2023-yil 21- dekabr kuni Xiva shahridagi MTTlarda bayramga bag’ishlangan mahsus teatrlashtirilgan dasturlarini namoyish qilib,  bolajonlarga xursandchilik tuyg’ularini baxsh etishdi.

21-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining bir guruh ijodkorlari Urganch Davlat Universitetida Yangi yil kayfiyatini uyg’otuvchi teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etgan xolda, Qorbobo va Qorqiz obrazlarini gavdalantirib oliygohning pedogogik jamoasi hamda talabalariga yorqin taassurotlar ulashishdi.