Янгиликлар

2024-yil 29-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil repertuarga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» (Rej Sh. Yusupov) spektaklini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutahassislari ishtirokidagi Badiiy Kengashga topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Vazirlik vakillarining yakuniy xulosasiga ko‘ra spektakl ijobiy baholanib, ommaviy tarzda namoyish etishga va repertuarga qabul qilishga ruhsat berildi.

2024-yil 27-28 noyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil repertuariga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» pessasini yetakchi ustoz rejissor Sh.Yusupov boshchiligidagi sahnalashtirish jarayonlari yakuni bosqishga yaqinlashib qoldi.

O‘ZDSMI Sahna harakati va jismoniy tarbiya  kafedrasi dotsenti  O.Ostanina Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlar uchun mahsus mahorat darslari o‘tkazdi. Maxorat darslari davomida teatr ijodiy jamoasi o‘z tajribasini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning uchun teatr san’ati sohasini nazariy va amaliy jihatdan yetuk bilimdoni hisoblangan O.A.Ostaninaga jamoa nomidan chuqur minnaddorchilik bildiramiz.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev ayni kunlarda O‘zbekiston madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib, teatr san’ati sohasining kelgusi istiqbollari xususidagi muzokara jarayonlarida va boshqa tantanali tadbirlarda qatnashmoqda.

2024-yil 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 32 yilligi keng nishonlanadigan 8-dekabr sanasi oldidan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi. “Konstitutsiya burchagi” asosiy Qonunimizning mazmun – mohiyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi bannerlar hamda uning asosiy g‘ayasini targ‘ib etuvchi bosma materiallar bilan jihozlandi. Tashkil etilgan mazkur targ‘ibot burchagining axamiyati, Konstitutsiyamizning insonparvarlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgani to‘g‘risida hodimlar o’rtasida muloqot tarzidagi davra suhbati ham o‘tkazildi. Tadbirga Xiva shahar axborot kutibxona markazi vakillari ham hamkor sifatida jalb etildi.