
2024-yil 21-22 noyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri joriy yil repertuarga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» sahnalashtirish ishlari mahoratli rejissor Sh. Yusupov boshchiligida davom ettirildi. Mashg‘ulotlarda O‘ZDSMI Sahna harakati kafedrasi o‘qituvchisi O.Ostanina ham bevosita qatnashib, aktyorlar uchun mahsus mahorat darslari o‘tkazmoqda.
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Layli va Majnun»spektakli repetitsiya jarayoni ketyapti.
Tez kunda Premyera.
Ustoz Shomurod Yusupov davlat buyurtmasi asosidagi Xayitmat Rasulning «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtiruvchi rejissori sifatida tashrifning ilk daqiqalaridan ish jarayonlariga kirishdi.

2024-yil 19-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga respublikamizdagi eng yetakchi va boy tajribaga ega rejissorlardan biri, mahoratli ustoz Shomurod Yusupov tashrif buyurdi. Mehmon teatr binosida jamoa tomonidan ijod ahliga xos kuy — qo‘shiq sadolari ostida tantanali va iliq tarzda kutib olindi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari davlat bayrog‘imizga bo‘lgan hurmatlari va iftixor tuyg‘ularini namoyon qilishdi.
Barchaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun qutlug‘ bo‘lsin.