#Gastrol
2023-yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Toshkent shahrida bòlgan gastrol safarni davom ettirgan xolda, poytaxtimizdagi Òzbek milliy qòģirchoq teatrida repertuardagi davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Jaloliddin Manguberdi» spektaklini namoyish etishdi. Sahna asari tomoshabinlarda juda katta taassurotlar qoldirdi.
Ikki teatr bundan keyin xam ijodiy xamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 27-28 noyabr kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari xam namoyish etildi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari respublikamiz poytaxti Toshkent shahriga ijodiy safarlarini boshlashdi. 2023- yil 28 — noyabr kuni Òzbek Milliy qòģirchoq teatrida keng tomoshabinlar ommasi uchun teatr repertuaridagi «Jaloliddin Manguberdi» spektakli namoyish etildi. Sahna asari kattayu kichik tomoshabinlar bilan birga mezbon teatr jamoasida ham katta qiziqish uyģotdi.
2023- yil 28-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurgan bir guruh mexmonlar uchun milliy qo’g’irchoq o’yinlarini namoyish etishdi. Shuningdek, ijodkorlar tomonidan «Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishi » xudud bo’ylab teatrlashtirilgan tarzda tashkil etildi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 20-21 noyabr kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari xam namoyish etildi.