Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining yangi loyixasi asosidagi Ichan Qal’a majmuasi bòylab teatrlashtirilgan òziga xos chiqishlari tobora òz samaralarini bermoqda. 30- 31 Oktyabr kunlari Xiva shahrining tarixiy markazida teatr tomonidan taqdim etilayotgan «Qòģirchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyati, Xon va saroy a’yonlarining yurishlari xamda milliy folklor tomoshalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish etildi.
2023-yil 1-noyabr kuni Germaniyaning Xameleon teatri rahbari, rejissor Yurgen Saxmann Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari bilan navbatdagi mahorat darslarini teatr oldi maydonida ochiq havoda òtkazdi. Jarayon juda qiziqarli va foydali jihatlarga boy bòldi.
2023-yil 31-oktabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida mahorat darslari òtkazayotgan jamoaning ijodiy hamkori Yurgen Saxman Xiva shahar Najmiddin Kubro kòchasida joylashgan teatr yangi binosining qurilishi jarayonlari bòlayotgan maydonga bevosita tashrif buyurib, binoning qurilish tiklash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
2023-yil 31 — oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Germaniyalik Rejissor Yurgen Saxmann boshchiligida navbatdagi mahorat darslari òtkazildi. Unda ishtirokchilarning epchilligi va tezkorligiga e’tibor qaratildi.
Kunning ikkinchi yarimida Yurgen Saxmann teatr ijodkorlari ishtirokidagi maxorat darslariga kirishdi. Ushbu jarayonlarda turli xil mashqlar òtkazilib, xar xil mavzulardan foydalanildi. Bu maxorat darslari jamoada yorqin taassurotlar qoldirmoqda.