Янгиликлар

Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining yangi loyixasi asosidagi Ichan Qal’a majmuasi bòylab teatrlashtirilgan òziga xos chiqishlari tobora òz samaralarini bermoqda. 9-10-Oktyabr kunlari Xiva shahrining tarixiy markazida teatr tomonidan taqdim etilayotgan «Qòģirchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyati,  Xon va saroy a’yonlarining yurishlari xamda milliy folklor tomoshalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish etildi.

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirishga doir qòshimcha chora tadbirlar tòģrisida»gi 2022-yil 2-fevraldagi PQ 112 -son qarori va Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 21- iyuldagi 461 — F /13 son farmoishiga asosan Farg’ona viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari repertuarlaridagi «Musiqiy choyxona» spektakli bilan Xorazm viloyati bo’ylab gastrol safarlarini boshlashdi. 2023-yil 9-oktyabr kuni Farg’ona qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan tantanali va iliq kutib olindi.

Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining  qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Bino kundan kunga yuksalib òziga xos kòrinish kasb etmoqda.

2023 -yil 30 — sentyabrda  «1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan
🎭Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida tadbir tashkil qilindi. Unda teatrning ustoz darajasidagi faxriy xodimlari Davlatnazar Yusupov xamda Davron Ismailovlar shogirdlar tomonidan qutlandi. Tadbir davomida ustozlar sharafiga ijodkor aktyorlar tomonidan she’rlar òqildi va nomlari zikr qilgan ustozlarga esdalik sovģalar topshirildi.