2024-yil 3-4 iyun kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.
@Xorazmkukol
2024-yil 3-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida 121-son «Nurli maskan » davlat maktab internati tarbiyalanuvchi o’quvchilari uchun repertuardagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi. Ushbu hayriya tomoshasi orqali xaqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi.
@Xorazmkukol
2024 — yil 1- iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining ochilish tadbiriga tashrif buyurgan Respublika milliy qo’g’irchoq teatri, Qoraqalpoq qo’g’irchoq teatri, Namangan, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatrlari, shuningdek viloyatdagi Jayxun teatri rahbariyati nomidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga qutlov sifatida esdalik sovg’alar topshirildi. Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri direktori D. Atabayev mazkur e’tibor uchun mexmonlarga minnatdorchilik bildirdi.
@Xorazmkukol
2024 — yil 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ushbu bayramga hamoxang tarzda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Ochilish tadbirida ilk tabrik so’zi Xorazm viloyati hokimi J. Rahimovga taqdim etildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o’rinbosari A.Tajixanov ham ishtirok etib nutq so’zladi. Tadbirda shuningdek viloyat madaniyat boshqarmasi rahbariyati, Xiva shahar hokimligi mutasaddilari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari qatnashib, teatr jamoasi va san’atsevar xalqimizni teatrning yangi binosi bilan qizg’in muborakbod etib, ijodiy parvozlar tilashdi.
@Xorazmkukol