2024 — yil 31-may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva «Islom dunyosining turizm shahri» xalqaro tadbiri munosabati bilan tashrif buyurgan xorijlik tadbir ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimida qatnashib, milliy urf odatlarimiz va tariximiz aks etgan sahna ko’rinishlari hamda teatrlashtirilgan maydon tomoshalari va qog’irchoq o’yinlarini namoyish etishdi.
@Xorazmkukol
2024 yil 29- 31 may kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shaharlari hamda Yangibozor tumanlardagi MTTlarda teatr repertuaridagi «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etishib yosh tomoshabinlarga ma’naviy ozuqa ulashishdi.
@Xorazmkukol
2024-yil 30 may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Urganch shaxrida viloyat musiqali drama teatrida 1-iyun — Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni munosabati bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda faol ishtirok etib, bolajonlarga bir olam zavqu shavq bag’ishlashdi.
@Xorazmkukol
2024-yil 29-may kuni Xorazm viloyati qo’girchoq tetri ijodkorlari Ichan qal’aga tahrif buyurgan mexmonlar uchun qo’g’irchoq o’yinlari va teatrlashtirilgan maydon tomoshalarini namoyish etgan xolda madaniy xizmat ko’rsatishdi.
@Xorazmkukol
2024-yil 24- may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Xiva shahridagi 2- sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teatr repertuaridagi Davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy spektakli namoyish etildi.
@Xorazmkukol