2026-yil 20- aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Urganch shahrining Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi. Shuningdek, mehmon o‘quvchi yoshlar teatrda an’anaga aylangan «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasidagi ekskursiya tadbirlarida ishtirok etishib, ijodkorlarning sahna orti ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2026-yil 16-17 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Urganch shahridagi Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari hamda Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari uchun teatr repertuaridagi Yu.Sahmanning «Ming bir kecha tushlariga sayohat» spektakli namoyish etildi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2026-yil II-chorak repertuar rejasida belgilangan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» spektaklining o‘qish (chitka) jarayonlari qizg‘in tarzda davom ettirilmoqda.

2026-yil «15-aprel-Madaniyat va san’at xodimlari kuni»Poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri oliy toifali aktyori Xursandbek Saipov madaniyat vazirligi tomonidan «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jamoadoshimizni yuksak e’tirof namunasi bilan qutlaymiz!

2026-yil «15-aprel- Madaniyat va san’at xodimlar kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida bir qator soha vakillari Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev va teatrning iqtidorli ijodkorlari Muxtorbek Masharipov hamda Dilshod Xudayarovlarning ham soha rivojidagi xizmatlari e’tirof etilib, maxsus Tashakkurnomalar va sovg‘alar taqdim etildi.
