Янгиликлар

2026-yil 23-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etgan holda xorijlik mehmonlardan iborat delegatsiya vakillarini tantanali kutib olish tadbirida qatnashishdi. Shuningdek, mazkur nufuzli mehmonlar uchun Ko‘hna Ark majmuasida Xon qabuli teatrlashtirilgan maydon tomoshasi namoyish etildi.

2026-yil 21-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida Xon va saroy a’yonlʼarining yurishi hamda Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etgan holda xorijlik mehmonlardan iborat delegatsiya vakillarini tantanali kutib olish tadbirida qatnashishdi.

2026-yil 21-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva tumani 14-son MTTdan tashrif buyurgan bolajonlar uchun repertuardagi  «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 20-aprel kuni Xorazm viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurgan Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar Xiva shahar MMTB tasarufidagi ta’lim tashkilotlarida spektakllar namoyishini o’tkazishadi.