2026-yil 29-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida mehmonlar uchun Xon qabuli teatrlashtirilgan tomoshasi hamda Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etishdi.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining matbuot kotibi Sirojiddin O‘sarov va boshqa matbuot hamda madaniyat sohasi vakillari ham ishtirok etishib, teatr ijodkorlari ijrosidan bahramand bo‘lishdi.

2026-yil 29-aprel kuni Germaniya Federativ Respublikasi Darmshtadt shahri Xameleon teatri rahbari, rejissyor Yurgen Sahmann Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida jamoa tomonidan tantanali va iliq tarzda kutib olindi.

2026-yil 28-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Ijro intizomi, «Edo.ijro.uz» elektron tizimi yuzasidan chorak yakunlari bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusi rejalar belgilab olindi.

2026-yil 27-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida «Lazgi» |||- Xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimida munosib va faol tarzda ishtirok etishdi.
27 апреля 2026 года.
Творческий коллектив Хорезмского областного театра кукол принял активное участие в торжественной церемонии открытия |||- Международного танцевального фестиваля «Лазги» в городе Хива.
On April 27, 2026, the creators of the Khorezm Regional Puppet Theater took a worthy and active part in the grand opening ceremony of the «Lazgi-||| International Dance Festival» in the city of Khiva.

2026-yil 25-27-aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva tumani 3-son hamda Xiva shahridagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun repertuardagi «Xurishni eplolmagan kuchuk» va «Ming bir kecha tushlariga sayohat» spektakllari namoyish etildi.
