Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 2026-yil May oyi repertuari

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 2026-yil May oyi repertuari

2026-yil 30-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha onlayn qabul tashkil etildi. Mazkur onlayn qabul jarayonida soha vakillari tomonidan murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlarga asoslangan holda tegishli tushuntirishlar berilib yechimlar taklif etildi. Yakunda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2026-yil 30-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga spektakl tomosha qilish uchun tashrif buyurgan «Mamun school» xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari teatr oldi maydonida musiqiy sadolar ostida ertak qahramonlari obrazlari orqali tantanali tarzda kutib olindi. Mazkur ta’lim dargohi o‘quvchilari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 30-aprel kuni Xorazm viloyatiga gastrol safari bilan tashrif buyurgan Buhoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida jamoa tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.

Ayni kunlarda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida ijodiy safar bilan bo‘lib turgan Germaniyaning «Xameleon» teatri rahbari, rejissyor Yurgen Sahmann teatrda repertuar rejadan tashqari sahnalashtiriladigan yangi spektaklning dastlabki mashg‘ulotlarini boshladi.
