Haftaning har payshanba kuni -«Yoshlar kuni «deb e’lon qilingandan beri Xorazm viloyati qo’g’rchoq teatrida teatr direktori va yoshlar uchrashuvi tizimli tarzda o’tkazib kelinmoqda. 2026-yil 14-may payshanba kungi navbatdagi uchrashuvda ham yoshlarning, jumladan teatr yoshlarining muammo va takliflari tinglanib, rahbariyat tomonidan tegishli tavsiyallar berildi va yechimlar taklif etldi.

2026-yil 14-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun «Ming bir kecha tushlariga sayohat» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 12-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga jamoa faoliyatini teleekranda keng yoritish maqsadida TTV kanali ijodkorlari tomonidan tasvirga olish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Jarayonda teleijodkorlar teatr faoliyati bilan yaqindan tanishib, teatr direktori D. Atabayev hamda boshqa ijodiy xodimlar bilan suhbatlar tashkil etishdi.

2026-yil 11-12-may kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida repertuar rejadan tashqari «Sehrli chiroq» spektaklini sahnalashtirish maqsadida bo‘lib turgan Turkiyalik rejissyor Cengiz O‘zek hamda uning guruhi tomonidan bevosita teatr ijodkorlari bilan birgalikda yangi spektaklning navbatdagi repetitsiya jarayonlari o‘tkazildi.

2026-yil 8-may sanasida «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan belgilangan reja jadval asosida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta»lim maktabi o‘quvchilari uchun milliy vatanparvarlik ruhidagi «Jaloliddin Manguberdi» spektakli namoyish etildi.
