2026-yil 6-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Samarqand viloyatiga ijodiy safarlari doirasida Samarqand shahridagi MTTlarda teatr repertuaridagi eng qiziqarli sahna asarlaridan hisoblangan «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishdi.

2026-yil 6-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Turkiya Republikasidan taniqli rejissyor Cengiz O‘zek boshchiligidagi teatr sohasi mutaxassislari tashrif buyurishdi. Mehmonlar teatr oldi maydonida tantanali tarzda kutib olindi.

2026-yil 4-5-may kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi o‘rta umumta’lim maktablari hamda MTTlar uchun spektakl namoyishlari o‘tkazildi. Spektakllar bolajonlar va o‘quvchi yoshlarga birdek manzur bo‘ldi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Qashqadaryo viloyatiga ijodiy safarlarining ikkinchi kunida Ko‘kdala tumanidagi MTTlarda repertuardagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishdi. Qashqadaryo viloyatiga Ijodiy safar bugun 5-mayda nihoyasiga yetib, jamoa Samarqand viloyatiga jo‘nab ketishadi.

2026-yil 4-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonovning Xotira kechasi tashkil etildi. Unda atoqli xofizning ijodiy faoliyati xaqida so‘z bordi. Kechaning badiiy qismida Rahmatjon Qurbonov repertuaridan qo‘shiqlar ijro qilindi.
