Янгиликлар

2023-yil 18-19 may kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Ichan qal’ada  òzaro hamkorlikdagi turizmga doir loyiha asosida navbatdagi madaniy tadbirlarni tashkil etishdi. Jumladan, Xon va saroy a’yonlarining siymolarini gavdalantirgan chiqishlar, milliy qoģirchoq òyinlari xamda folklor chiqishlar xorijiy va maxalliy sayyoxlarda katta taassurot qoldirdi.

2023 yil 19 may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga Xiva shaxridagi 9 -son umumiy òrta ta’lim maktabidan òquvchi yoshlar tashrif buyurishib , teatr repertuaridagi  » Quvnoq tomosha» spektaklini tomosha qilishdi. Spektakl namoyishi 3 seansda òtkazilib, jami 300 nafardan ziyod tomoshabin ishtirok etdi. Teatr aktyorlari òzlarining moxirona ijrolari bn òquvchilarda katta taassurot qoldirishdi.

2023-yil 19- may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shahridagi 97-son Ixtisoslashtirilgan maktab -internatida teatr repertuaridagi » Karvon saroy» spektaklini  namoyish etishib, bolajonlarga xursandchilik ulashishdi.

18- -МАЙ  ХАЛҚАРО МУЗЕЙЛАР  КУНИ

ҚЎША  ШОДИЁНА

Барча   жойдагидек  Халқаро музейлар куни “Ичан Қалъа”  давлат музей- қўриқхонасида ҳам кенг нишонланди.
Шу куни  Муҳаммад Раҳимхон  мадрасасида  “Ҳукмдор  ва шоир”  деб номланган янги  экспозициянинг  тантанали  очилиши  қўшалоқ байрамга  айланди.
Хоразм  вилояти қўғирчоқ  театри ижодкорлари намойиш этган Ферузхон ҳаёти  акс этган  саҳна кўринишлари  билан чикишди.

“Teatr oyligi”

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig’i asosida
🎭 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri qiziqarli spektakllar namoyishini davom ettirishmoqda.

💥 Topshiriq doirasida reja- grafik bo‘yicha
🎭 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 2023 yil 18- may kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 larda Xazorasp tumani Madaniyat markazida    «Karvon saroy» spektaklini 3 seansda namoyish etishdi. Spektakllar  namoyishiga  jami 1100 nafar òquvchi — tomoshabin  tashrif buyurdi.