Янгиликлар

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan madaniy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Tadbirda ulug’ shoir ijodi va xayoti to’g’risida keng to’xtalib o’tildi. Badiiy qismda esa teatr ijodkorlari ijrosida shoir ijodiga mansub g’azallar asosida qo’shiqlar kuylanib, aktyorlar tomonidan buyuk bobomiz ruboyilari ifodali tarzda o’qildi.
@Xorazmkukol

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Xiva shaxridagi ta’lim maskanlarida teatr repertuaridagi «Sher va Durroj» spektaklini namoyish etishmoqda.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muzeylarda xizmatlar soxasini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PQ-261-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha «Ichan qal’a» davlat muzey — qo’riqxonasi bilan xamkorlikda qator madaniy tadbirlarda faollik ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda Ichan qal’ada teatr jamoasi tomonidan taqdim etilgan saxna tomoshalari sayyoxlarga unutilmas taassurotlar baxsh etdi.

2023- yil 27 — yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri vokal bòyicha repititori Rustamboy Olloquliyev boshchiligida jamoada vokal mashqlari bòyicha navbatdagi mashģulotlar òtkazildi.

2023-yil 25- yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shahridagi Yangi hayot mahallasi N.Kubro ko‘chasi 47 uyda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etib, kòngillarga zavqu — shavq ulashildi.
Spektakl tomoshasi Milliy gvardiya bilan xamkorlikda beģaraz xayriya tarzida taqdim qilindi.