Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Qurilish inshootining yuqorisida ģisht terish ishlari ketayotgan bir paytda ichki va tashqi devorlardagi suvoq ishlarining salmoqli qismi bajarildi. Teatr binosi kundan kunga yuksalib òziga xos kòrinish kasb etmoqda.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Yangi yil bayram tomoshalarini davom ettirib, 2023-yil 21- dekabr kuni Xiva shahridagi MTTlarda bayramga bag’ishlangan mahsus teatrlashtirilgan dasturlarini namoyish qilib, bolajonlarga xursandchilik tuyg’ularini baxsh etishdi.
21-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining bir guruh ijodkorlari Urganch Davlat Universitetida Yangi yil kayfiyatini uyg’otuvchi teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etgan xolda, Qorbobo va Qorqiz obrazlarini gavdalantirib oliygohning pedogogik jamoasi hamda talabalariga yorqin taassurotlar ulashishdi.
🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2023-yil 21-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 🎄🎄☃️☃️Yangi yil bayram dasturlari doirasida
🕚11:00 da Urganch shahridagi «Avesto» yodgorligi bog’ — majmuasida,
🕐13:00 da Urganch temiryo’l vokzali oldidagi maydonda, shuningdek,
🕒15:00 da Xorazm markaziy o’yingoxi hamda
🕔17:00da Amir Temur nomidagi istiroxat bo’gda teatr repertuaridagi
«Grinch Yangi yil o’g’risi» spektaklini namoyish etishib viloyat markazi aholisi va mehmonlariga xaqiqiy bayramona kayfiyat ba’g’ishlashdi.
🎭🎭🎭2023-yil 20-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi viloyat markazi Urganch shahridagi markaziy o’yingoh oldida
☃️🎄Yangi yil bayram dasturi doirasida teatr repertuaridagi «Grinch Yangi yil o’grisi» spektaklini namoyish etishdi. Mazkur yangi yil sarguzashtlariga boy sahna asari barcha barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.