Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari 2023-yil 11-16 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi Bursa shahrida o’tkazilgan “XX Xalqaro Bursa Qorago’z qo’g’irchoq va soya teatri festivali” da ishtirok etib, 17 ta teatr ichida repertuardagi «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etgan xolda, tanlov hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra festivalning eng yaxshi spektakli e’tirofiga munosib topilishdi. 14-dekabr kuni ikki seansda chiqish qilgan teatr ijodkorlarining mazkur spektakli namoyishiga 500 nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Sahna asari tashkilotchilar va barcha ishtirokchilar hamda tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Teatrning 7 nafar ijodkorlardan iborat qatnashchilarga alohida sertifikatlar hamda festivalning mahsus esdalik statuetkasi topshirildi.
2023-yil 17 — dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatning chekka tumanlaridan biri hisoblangan Tuproqqal’a tumanida òtkazilgan Yangi yil ayyomi arafasidagi òziga xos bayram tadbirida teatrlashtirilgan chiqishlarini namoyish etib, Qorbobo va Qorqiz, shuningdek ertak qahramoni -Grinch obrazlarini gavdalantirgan xolda barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.
2023-yil 14 — dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Turkiya Respublikasining Bursa shahrida òtkazilayotgan «XX Xalqaro Bursa Qoragòz qòģirchoq va soya teatri festivali»da Y. Allaberganovning «Xiva lazgisi» spektakli (Rej: G.Yusupova)ni namoyish etishdi. Milliy urf odatlarimiz, kuy va qòshiqlarimiz, an’analarimiz aks ettirilgan ushbu sahna asari festival tashkilotchilari, qatnashchilari hamda butun tomoshabinlarni hayratlantira oldi.
🎭Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida 2023-yil 15-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha
🎄⛄️Yangi yil munosabati bilan «Grinch yangi yil òğrisi» nomli sarguzashtlarga boy spektakl namoyishi òtkaziladi.
🔉🔉Barcha barchani mazkur bayramona Yangi yil tomoshasiga taklif qilamiz!
🎭🎭🎭🎭🎭Tomoshalar
⏰10:00,
⏰11:00,
⏰14:00da har kuni bòlib òtadi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari Turkiya Respublikasining Bursa shahrida 2023-yil 11-16 dekabr kunlari òtkaziladigan «XX Xalqaro Bursa Qoragòz qòģirchoq va soya teatri festivali»da qatnashish uchun ijodiy safarga chiqishmoqda. Jamoaga oq yòl va muvaffaqiyatli natijalar tilab qolamiz.