Янгиликлар

2022-yil 26-may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga Xiva shaxar «Mubina» nomli Oilaviy MTT tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi. Mexmon bolajonlar uchun teatr ijodkorlari tomonidan Y.Ladaning «Sexrli olma» spektakli namoyish etildi.

2022-yil 19-may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodiy jamoasining Surxondaryo viloyati bòylab gastrol safarini boshladi. Boysun tumani umumiy òrta ta’lim maktabi òquvchilari uchun tuman Madaniyat markazida qiziqarli spektakillar taqdim etildi.

2022 -yil Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol safarining navbatdagi kuni 18 -may sanasida Qarshi shaxridagi ta’lim dargoxlaridan 29-son umumiy òrtata’lim maktabi òquvchilari uchun repertuardagi eng sara spektakllarni namoyish etishdi.Tomosha nafaqat òquvchi yoshlar, balki pedogoglar jamoasida xam ulkan taassurotlar qoldirdi.

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 -fevraldagi PQ—112-son Qarorining 3-D-ilovasiga binoan 2022-yil 17-may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyati bòylab ijodiy-gastrol safarining navbatdagi kunida viloyatning Qarshi tumanidagi umumiy òrtata’lim maktabi òquvchi yoshlari uchun Qarshi tuman madaniyat markazida teatr repertuaridagi Mansur Quryazovning «Afandi xangomalari» spektaklini namoyish etib, olqishlarga sazavor bòlishdi.

2022-yil 17-may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shaxridagi “Kichkintoy” nomli oilaviy MTT tarbiyalanuvchi bolajonlari uchun teatr repertuaridagi “Anjuman” spektaklini namoyish etishdi.