Янгиликлар

2022 yil 6 may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Xiva shaxridagi 7-son MTT tarbiyalanuvchilari uchun spektakl tomoshasi taqdim etildi. Tomoshada 60 nafar bola ishtirok etdi.

2022 — yil 5 — may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan bir gurux sayyohlar uchun Ichan qal’aning Kòxna ark majmuasida «58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasini namoyish etib, mexmonlarni xushnud qilishdi. Shuningdek, Kalta minor me’moriy obidasi qarshisida qòģirchoq òyinlari xam tashkil etildi.

2022- yil 30-aprel kuni butun respublikamiz boʼylab oʼtkazilayotgan Umumxalq xayriya xashari doirasidagi tadbirlarda Xorazm viloyati qoʼgʼirchoq teatri jamoasi xam faol qatnashib, teatr oldi maydoni, atroflari xamda nixollar ekilgan qismlarida ozodalik va tozalash ishlarini olib borishdi.

2022- yil 29-aprel kuni Xiva shaxridagi №7-son MTT tarbiyalanuvchi bolajonlari Xorazm viloyati qoʼgʼirchoq teatriga kelib, repertuardagi “Bolari” spektaklini tomosha qilishdi. Tomosha bolalarda juda katta taassurot qoldirdi.

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xorazm viloyati Xiva shaxrida gastrol safarida bòlib turibdi. Bir gurux ijodkorlar bugun 29-aprel kuni xam shaxardagi umumta’lim maktablarida repertuarlaridagi «Xòroz nega uchmaydi?» spektaklini namoyish etishdi. Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy xamkor sifatida ularga mazkur jarayonda amaliy yordam kòrsatmoqda.