2021-yil 8-sentabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri aktyori, bugungi kunda kino soxasida xam o’z iqtidorini namoyish qilayotgan yosh istedod soxibi Elyorbek Atabaev “MY5” telekanalining “Omon omon” dasturi mexmoni bo’ldi. Bir qancha muvaffaqiyatli rollari qatorida yaqinda Abdulla Qodiriy obrazini kinoda talqin etgan ijodkor ko’rsatuv boshlovchilarining bu boradagi, shuningdek, teatr va kinoga oid savollarga atroflicha javob qaytardi.
2021-yil 1-sentyabr kuni Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi tantanalarida qatnashayotgan Fransiya Senati a’zolari Xiva shaxriga xam tashrif buyurishdi.Yuksak martabali mexmonlarni kutib olish marosimida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari munosib ishtirok etishdi. Shuningdek, mexmonlar teatr ijodkorlari ijrosida qòģirchoqlar aravasi kompozitsiyasi xamda «58-Xon » teatrlashtirilgan maydon tomoshasidan baxramand bòlishdi. Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi yurtimiz axlini Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qizģin muborakbod etadi!
021-yil 30-31- avgust kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xiva shaxrining «Ichan qal’a» xududida xamda «lokomotiv » istiroxat boģida òtkazilgan madaniy tadbirlarda òz chiqishlari bilan faol ishtiroq etishdi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri direktori Davronbek Atabayev va аdabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov «Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» kòkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Teatr jamoasi nomidan ustozlarimizni unvon bilan tabriklaymiz
Viloyat markazi Urganch shahrida Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayram shodiyonalarida Xorazm viloyati qòģirchoq tearti ijodkorlari faol ishtirok etishdi.