Янгиликлар

Viloyatda ommaviy tadbirlarning òtkazilishini nazorat qilish komissiyasining 2021 -yil 20 -dekabrdagi 590-sonli bayoni asosida tasdiqlangan rejali jadval bòyicha Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Yangibozor tumaniga ijodiy safarlarini davom ettirib, 4 -5 -aprel kunlari tumandagi umumiy òrtata’lim maktablarida «Anjuman» va «Karvon saroy» spektakllarini namoyish etishdi.

Viloyatda ommaviy tadbirlarning òtkazilishini nazorat qilish komissiyasining 2021 -yil 20 -dekabrdagi 590-sonli bayoni asosida tasdiqlangan rejali jadval bòyicha Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi 31 -martdan Yangibozor tumaniga ijodiy safarlarini boshlashdi. 31-mart va 1-aprel kunlari tumandagi umumiy òrtata’lim maktablarida «Bolari» va «Ur tòqmoq» spektakllari namoyish etildi.

2022 — yil 30 — mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahriga yuksak martabali mexmonlarning tashrifi munosabati bilan òtkazilgan tantanali kutib olish marosimida faol ishtirok etishdi. Tantanali tadbirda teatr ijodkorlari Feruzxon va uning a’yonlari siymolarini aks ettirib, shuningdek milliy qòģirchoq òyinlari orqali faollik kòrsatishdi.

Хоразм телевиденияси «Ассалом Хоразм» кўрсатувида Хоразм вилояти қўғирчоқ театри актёр ва мутахассислари иштирок этишди. Юсуфбой Аллаберганов ва Элёрбек Атабаевлар ўзларининг ҳамда жамоанинг ижодий фаолиятлари ҳақида гапириб бердилар. Ўз ижодларидан намуналар намойиш этдилар.

2022-yil 27-mart kuni «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida tantanali tadbir òtkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining bir gurux fidoyi xodimlari Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashining bayramona esdalik sovģalari bn taqdirlanishdi. Tantanali marosimda Xorazm viloyati xokimi Farxod Ermanov, Madaniyat boshqarmasi boshliģi Xamid Sapayev va boshqalar teatr xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod qilishdi.