Янгиликлар

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 2 -fevraldagi PQ- 112-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 -yil 5 — yanvardagi 9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkori Baxtiyor Matniyozov Toshkent shahrida òtkazilayotgan 15 kunlik mahorat darslarida ishtirok etmoqda.

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4038 -son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, «Teatr tomoshalari xaftaligi»ni munosib òtkazish maqsadida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi xaftalikning navbatdagi kunida joylarga chiqqan xolda òz teatrlashtirilgan tomoshalari va spektakl namoyishlarini òtkazdi. 2022 -yil 25- mart kuni Urganch shaxridagi OHMTTda teatr repertuardagi M.Quryazovning «Afandi xangomalari» spektaklini namoyish etishdi.

2022-yil 24- mart Teatr tomoshalari xaftaligining toʼrtinchi kunida teatr ijodiy jamoasi Xiva shaxrining Ichan qalʼa majmuasida Feruzxon xamda saroy mulozimlari qiyofalarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar va milliy qoʼgʼirchoq oʼyinlarini tashkil etishdi. Mazkur jarayonda xorijiy va maxalliy sayyoxlar, ota-onalar xamda bolajonlar ishtirok etdi. Xaftalik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

2022 -yil 23-mart «Teatr tomoshalari xaftaligi» doirasidagi tadbirlarning uchinchi kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi teatr oldi maydonida teatr repertuardagi M.Shodiyevaning «Bolari» spektaklini namoyish etishdi. Shuningdek, teatrda «Bizning teatr» ilmiy amaliy anjumani òtkazilib, mazkur anjuman doirasida teatr saxnalashtirish bòlimi ijodkor rassomlarining kòrgazmalari tashkil etildi. Notiqlar anjuman dasturi asosida turli mavzularda ma’ruzalar qilishdi, aktyorlar ijrosidagi badiiy kompozitsiya va etyudlar qatnashchilarga manzur bòldi.

2022 -yil 22 -mart «Teatr tomoshalari xaftaligi»ning ikkinchi kunida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi teatr oldi maydonida repertuardagi M.Quryozovning «Ur tòqmoq» spektaklini tashrif buyurgan ota-onalar xamda bolajonlar e’tiboriga xavola etishib, barchaga bayramona kayfiyat baģishlashdi.