2022 — yil 14 mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xonqa tumanida joylashgan bolalar sanatoriyasi turida ixtisoslashtirilgan davlat maktab internati tarbiyalanuvchi òquvchi bolajonlar uchun teatr repertuaridagi eng sara spektaqllarni namoyish etishdi.
Spektaql namoyishida maktab internatning 119 nafar òquvchilari qatnashdi. Tomosha xayriya tarzida bepul taqdim etildi.
2022- yil 14- mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xonqa tumani umumiy òrta ta’lim maktablari bòylab, ijodiy safarni davom ettirib, repertuardagi «Ur tòqmoq» va «Xiva lazgisi» spektakllarini namoyish etishdi.
2022-yil 9-mart kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari joylarda, ma’rifiy-madaniy uchrashuvlar òtkazish tadbirlari doirasida uchrashuv tashkil etishdi. Mazkur uchrashuv Xiva shaxar 2-son maktabda Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari uchun òtkazilib, unda teatrning 1-toifali aktyori Elyorbek Atabaev, Muxtorbek Masharipov xamda istedodli ijodkorlardan Yusufboy Allaberganovlar ishtirok etib, maskan o‘quvchilari uchun teatr san’ati, aktyo’rlik sir-asrorlari, qòģirchoq teatrining axamiyati tòģrisida ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, bolalarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.
2022-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Xiva shaxridagi OHMTT da teatr repertuaridagi «Ur tòqmoq» spektaqlini namoyish etishdi.
Muqaddassan ayol
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida 8 mart- Xalqaro xotin — qizlar kuniga baģishlab «Muqaddassan ayol!» deb nomlangan bayram tadbiri bòlib òtdi. Teatr direktori Davronbek Atabayev, adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov va boshqalar jamoadosh xotin -qizlarni bayram bilan tabriklab ezgu tilaklarini izhor etdilar. Boshlanģich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Yusufboy Allaberganov ham yiģilganlarni qutlab xotin-qizlarga bayram sovģalarini tantanali ravishda topshirdi. Onalarni, Ayollarni madh etuvchi sh’er va qòshiqlar davraga fayz kiritdi, dillarga cheksiz quvonch baxsh etdi.
Teart axborot xizmati.