14-yanvar — Vatan himoyachilar kuni» ga bag’ishlab Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida katta bayramona tadbir tashkil etildi. Unda Vatan himoyasining muqaddasligi to‘g‘risida so‘z bordi. Tadbirning badiiy qismida teatrning xotin — qiz ijodkorlaridan iborat xodimlar jamoaning erkak xodimlari uchun o‘ziga xos bayramona dasturni namoyish etishdi. Dastur doirasida harbiy vatanparvarlik mavzusidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

2026-yil 7-8 yanvar kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida yangi yil bayram dasturi doirasidagi spektakl namoyishlari davom ettirildi. Unda tomoshabinlar uchun sarguzashtlarga boy «Yangi yil ertagi» spektakli taqdim etildi.

2026-yil 5-6 yanvar kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida yangi yil bayram dasturi doirasidagi spektakl namoyishlari davom ettirildi. Unda tomoshabinlar uchun sarguzashtlarga boy «Yangi yil ertagi» spektakli taqdim etildi.

2026-yil 3- yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahridagi Markaziy archa atrofida yangi yil bayram dasturi doirasida navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan aholi vakillari va shahar mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2026-yil 3-4 yanvar kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida yangi yil bayram dasturi doirasidagi spektakl namoyishlari davom ettirildi. Unda tomoshabinlar uchun sarguzashtlarga boy «Yangi yil ertagi» spektakli taqdim etildi.
