2021 yil 18 noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Òzbekiston Respublikasi davlat bayroģi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Bayroģim-ģururim» mavzusida davra suxbati òtkazildi. Uni teatr direktori, Òzbekiston Raspublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib borib, bayroģimizning moxiyati, undagi ranglar bilan boģliq maqsad va mazmun tòģrisida atroflicha tòxtaldi. Shuningdek, teatr adabiy emakdoshi Davlatnazar Yusupov xam bu boradagi fikr-muloxazalari bilan òrtoqlashdi. Teatr ijodiy jamoasi iqtidorli aktyorlari bayroq xaqidagi sherlardan ifodali òqib berishdi.
021 yil 12 noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi «Keksalar turizmi oyligi » doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida kòxna shaxarga tashrif buyurgan Qoraqalpoģistonlik nuroniylarni tantanali kutib olish tadbirlarida qòģirchoq òyinlari va badiiy chiqishlari bilan faol qatnashdi.
Butun respublikamiz bòylab davom etayotgan «Yashil makon» «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi xam uyushqoqlik bilan qatnashib, mevali kòchatlar òtkazishdi.
2021 yil 4 -noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy jamoasi, Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qòmondoni boshchiligidagi delegatsiyaning Òzbekistonga tashrifi doirasida yuksak martabali mexmonlarning Xiva shaxrining Ichan -qal’a xududida kutib olishda faol qatnashdi. Shuningdek, «Kòxna ark» majmuasida «58-Xon» maydon tomoshasi namoyish etildi
2021 yil 30 oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy jamoasi Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida kòxna shaxarga tashrif buyurgan SHXT vakillaridan iborat nufuzli mexmonlar delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimida faol qatnashdi. Shuningdek, mexmonlar uchun milliy qòģirchoqlar vositasidagi chiqishlar bilan birga repertuardagi «58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasi xam namoyish etildi.