TURKSOY tashkilotiga a’zo davlatlar va turkiy xalqlar vakillaridan iborat delegasiyaning Xorazm viloyatida “Turk dunyosi shoirlari uchrashuvi” munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 12-oktyabr kuni Xiva shaxrida Ichan Qal’a xududida mazkur delegasiyani tantanali kutib olish marosimida qatnashdi. Teatr ijodkorlari milliy qo’g’irchoq tomoshalarini tashkil etish barobarida repertuardagi “58-Xon” teatrlashtirilgan maydon tomoshasini xam namoyish etib, nufuzli mexmonlarga xushnudlik ulashishdi.
2021-yil 12 -oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva tumani umumiy òrtata’lim maktablari bòylab ijodiy safarlari doirasida teatr repertuaridagi «Bolari», «Ur tòqmoq», «Mansur qurjoq tomoshalari» spektaqllarini namoyish etishdi.
12 октября 2021 года коллектив Хорезмского областного театра кукол исполнил спектакли «Болари», «Ур тукмок», «Мансур куржок» из репертуара театра в рамках творческих гастролей по общеобразовательным школам Хивинского района.
On October 12, 2021, the team of the Khorezm regional puppet theater as part of their creative tours of secondary schools of Khiva district performed performances from the theater repertoire «Children», «Ur tokmoq», «Mansur puppet shows».
orazm viloyati qòģirchoq teatrining saxnalashtirish bòlimida 12-oktyabr kuni bosh rassom Shodlik Yaqubov teatr repertuar rajasining joriy yil VI-choragiga kiritilgan rus shoiri A.S.Pushkin ertagi asosidagi «Oltin baliq»spektaqli eskizlari bòyicha ishlarni davom ettirdi. Shuningdek, ishlab chiqarish sexi mutaxassislari spektaqllarning eskirgan qòģirchoqlari, rekvizit va butoforiya buyumlarini ta’mirlashdi.
12 октября главный художник Хорезмского театра кукол Шодлик Якубов продолжил работу над эскизами спектакля «Золотая рыбка» по сказке русского поэта А.С. Пушкина, включенного в VI квартал этого года в театральный репертуар. Специалисты производственного цеха также отремонтировали изношенные куклы, реквизиты и декорации спектаклей.
On October 12, in the staging department of the Khorezm regional puppet theater, the main artist Shodlik Yakubov continued work on the sketch of the play «Golden Fish» based on the fairy tale of the Russian poet AS Pushkin, included in the VI quarter of this year. Specialists of the production workshop also repaired worn-out puppets, props and props of performances.
2021-yil 7-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Qo’shko’pir tumani o’rta umumta’lim maktablari bo’ylab ijodiy safar davomida, tuman maktablarida spektaql namoyishi oldidan o’quvchilar bilan qisqacha davra suxbati o’tkazishdi.
Unda teatrning oily toifali aktrisasi Aziza Tillayeva respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan “Abulla Qodiriy-O’zbek adabiyoti xazinasidan ” mavzusidagi madaniy-marifiy tadbirlar doirasida o’quvchilarga Qodiriy daxosi, uning milliy mustaqilligimiz kuychisi ekanligi, shuningdek uzbek romanchiligining asoschisi bo’lgani to’g’risida to’lib-toshib gapirdi. Shu bilan birga Qodiriyning mashxur nasriy asarlaridan parchalar o’qildi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan “Abdulla Qodiriy-O’zbek adabiyoti xazinasidan ” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida 4,5-oktyabr kunlari Xiva shaxridagi 2-son umumiy o’rtata’lim maktabi xamda Ogaxiy ijod maktabida ijodiy uchrashuvlar tashkil etib, spektaqllar namoyish etdi.
Bugungi kunda jamoamizning Abdulla Qodiriy daxosi to’g’risida xar qachogidan xam ko’proq to’lqinlanib, faxrlanib gapirishga asosi bor. Chunki teatrda faoliyat olib borayotgan teatr va kino aktyori Elyorbek Atabayev “Abdulla Qodiriy” filmida bosh rol – Qodiriy siymosini gavdalantirgan bo’lsa, “Avloniy” filmida xam Abdulla Qodiriy obrazini talqin etdi. Elyorbek Atabayev mazkur madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarda xar ikki ta’lim dargoxi ustozlari va o’quvchilari bilan muloqot o’tkazib, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Qolaversa, tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Uchrashuvning ikkinchi qismida teatr ijodkorlari tomonidan spektaqllar xam namoyish etildi.