2023 — yil 5 -aprel kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan D.Yusupovning » Jaloliddin Manguberdi» (Rejissyor Sh.Yusupov) spektakli televideniya tomonidan yozib olindi. Ushbu jarayonda teatr san’ati ixlosmandlari, kattalar va yoshlardan iborat tomoshabinlar ishtirok etdi.
2023-yil 31 — mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Ichan qal’a tarixiy majmuasida Folklor tomoshalarini maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun namoyish etishdi.
3 — aprel kuni teatr jamoasi Ichan qal’a bòylab Xon va saroy a’yonlari yurishlarini amalga oshirib, sayyoxlarga òzgacha xayrat va kayfiyat baģishlashdi.
2023 -yil 29 — mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari «Ichan qal’a» muzey qòriqxonasi bilan xamkorlikdagi loyiha asosida Ichan qal’a xududida navbatdagi milliy qòģirchoq òyinlarini namoyish etib, Xiva shaxri aholisi xamda mexmonlariga, maxalliy va xorijiy sayyohlarga xush kayfiyat ulashishdi.
2023 — yil 28 — mart kuni Xorazm viloyatu qòģirchoq teatri jamoasi Konstitutsiya isloxotlari bòyicha referendum oldi uchrashuvlarida faol ishtirok etishdi. Ushbu tantanali tadbirda teatr aktyorlari milliy qòģirchoq òyinlarini namoyish etishdi xamda saroy a’yonlari siymolarida chiqishlar qilishdi. Shuningdek teatr I- toifali aktyori Elyorbek Atabayev yoshlar nomidan chiqish qilib, òz nutqida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xaqida sòzlab, xammani bòlajak referendumda faol qatnashishga chorladi.
“27-mart – Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xorazm viloyati televideniyasining “Assalom Xorazm” tongi dam olish dasturida jonli efirda chiqish qilishdi. Dasturda teatrning ijodiy xamkori Turkiyaning Istanbul shaxri xususiy Soya teatri ijodkorlari xam ishtirok etishdi. Ko’rsatuvda ijod vakillari boshlovchilarning savollariga javob berib, qiziqarli suxbat jarayonini tashkil etish bilan birga Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri repertuaridan o’rin olgan eng sara spektakllardan lavxalar namoyish etishdi.